
“Roma” universal futbolchisi Genrix Mxitaryan yozgi transferlar vaqtida Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Armanistonlik o‘yinchining rimliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Bosh murabbiy Joze Mourino tajribali shogirdini yana ikki yil poytaxtda qolishini istasa-da, klub mutasaddilari Mxitaryanga ma’qul keladigan shartnoma bergani yo‘q.
Shunga qaramay, tez orada erkin agentga aylanadigan 33 yoshli yarim himoyachining xaridori ko‘payib ketdi.
Armanistonlik pleymeykerni “Tottenxem” va “Aston Villa” o‘z safida ko‘rmoqchi. Bundan tashqari, Genrixga “Napoli” va “Inter”dan ham jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Genrix joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda beshta gol va to‘qqizta assist qaytdi.
“Roma”dagi legionermiz Eldor Shomurodov armanistonlik futbolchi rus tilini bilgani uchun u bilan boshqalardan ko‘proq muloqot qilishini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar