19:48 / 23.05.2022
973

Timur Kapadze: "Optimal tarkibni yig‘a olmayapmiz"

Timur Kapadze: "Optimal tarkibni yig‘a olmayapmiz"
O‘zbekiston (U-23) jamoasi bosh murabbiyi - Timur Kapadzeni savolga tutdik. Bir necha kundan so‘ng yurtimizda boshlanadigan qit’a birinchiligi oldidan mutaxassis jamoaning holati, nimadan xavotirda ekanligi va boshqa mavzular haqida fikr bildirdi.

Timur aka, musobaqaga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Yaratganga shukur. Hammasi yaxshi. Bugun Qozog‘istondagi legionerlarimiz tarkibga kelib qo‘shildi. Ha, demak tarkibimiz to‘liq bo‘ladi. Hozir bor futbolchilar bilan birgalikda jamoaviy o‘yinni shaklantirishga harakat qilyapmiz. Imkon boricha, yaxshi formada musobaqada ishtirok etish niyatidamiz.

"Olimpik" va uning o‘rinboslarlari bilan birgalikda O‘zbekiston (U-23) jamoasi bosh murabbiyisiz. Taqvim juda zich bo‘lgani bois, charchoq sezmayapsizmi?
- Albatta charchash bo‘ladi. Ishimiz asabiy bo‘lgani bois, ruhan xorg‘inlik seziladi. Bunga jismoniy charchoqni ham qo‘shsak, holatimizni yaxshiroq tasavvur qilishingiz mumkin. Shunga qaramay, ishimni juda yaxshi ko‘raman. Doimo har bir epizodga maksimum e’tibor berishga odatlanganman. O‘ylashimcha, hammasini yengib o‘tamiz.

Yaqinlashayotgan musobaqada imkon qadar shogirdlaringizga imkon berib, ularni erkin to‘p tepishiga imkon berasizmi?Yoki natija birinchi planga ko‘tariladimi?
- Bu futbol. Unda natijasiz bo‘lmaydi. To‘g‘ri, birinchi navbatda tajriba to‘plash uchun harakat qilamiz. O‘zimizda o‘ynayotganimiz uchun bosim bo‘lishi tabiiy. Muxlislar oldida har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Natijadan va o‘yindan foyda olish doim birga yuradi. Tan olaman, faqat natija uchun deb harakat qilmayapmiz. Futbolchilarimni ko‘rib olmoqchiman. Bunday turnirlarda ular shaxs sifatida rivojlanadi. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqachasiga yashil maydonga chiqib kelishdan naf yo‘q. Bu yoshda xato va kamchiliklar bo‘lib turadi. Biz barchasini inobatga olgan xolda, natija ko‘rsatadigan raqobatbardosh jamoa tuzmoqchimiz.

Osiyo chempionati oldidan raqiblarni ham o‘rgandingizmi? Kimlarni g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rsata olasiz?
- Osiyo futbolida juda katta o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Masalan, Sadudiya Arabistoni bilan kuch sinashdik. Ularni aksariyati bizning futbolchilardan 2 yosh kattaroq edi. Kuchli jamoa ekanligini o‘yinda darrov sezdik. Shuningdek, Janubiy Koreya va Yaponiyani ham alohida e’tirof etgan bo‘lar edim. Ular baribir o‘z darajasida o‘ynaydi. Avstraliyani qanday holatda yetib kelishi haqida ma’lumotga ega emasman. Katta ehtimol bilan musobaqada kuchli yoki zaif jamoa bo‘lmasa kerak. Masalan, bizni guruhga e’tibor qarating! Turkmaniston, Qatar va Eron! Har birining kuchli tomonlari bor. Bizni vazifamiz o‘yinlarning har biriga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonish. Yakunda, kimni qanday kuchga ega ekanligi borasida fikr yuritish mumkin.

Osiyo chempionati oldidan jamoamizni muxlislarga tayyorlagan kutilmagan sovg‘asi bormi? Yangi nomlarni kashf etamizmi?
- To‘g‘risi, bilmadim. Hozir bu haqida nimadir deb baho berishga erta. Futbolchilar turli xil holatda yetib kelmoqda. Klub va terma o‘rtasida farq juda katta. Bu yerda bosim va muhit umuman boshqa. Bu hamma futbolchiga har xil ta’sir qiladi. Shu bois, o‘yinlar davomida kimga qanday ta’sir ko‘rsatganidan xulosa chiqarishimiz mumkin. Yigitlarga hech narsa yaxshi o‘yin o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmasligi uchun kerakli tushuntirish ishlarini olib boramiz. Albatta, bunga boshqa faktorlar ham ta’sir qilishi mumkin. Yigitlarning ayrimlari klubida o‘yin amaliyotga ega bo‘lsa, boshqalari umuman zaxira futbolchisi.

3-4 futbolchimizni hali klubi qo‘yib yubormadi. Ular qanday holatda yetib kelishini bilmayman. "Paxtakor" ham o‘yini borligi uchun 2 futbolchini qo‘yib yubormadi. Shu bois, optimal tarkibni yig‘a olmayapmiz. Turnir boshlanishiga juda oz qoldi. 25 sanada rasmiy o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. "Paxtakor" va "Nasaf" erta-indin maydonga tushadi. Endi tasavvur qilib ko‘ring, ularni qanday qilib o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tashlashimiz mumkin? Yigitlarimiz jismonan va taktik tomonidan yaxshi tayyorgarlikka ega. Vaziyatdan munosib tarzda chiqib ketishga urinamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Optimal tarkibni yig‘a olmayapmiz"