
Sal avval 2023 yil Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "J" guruhidan joy oldi.
Ushbu guruhda hamyurtlarimizga Shri-Lanka, Bruney va Janubiy Koreya raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz saralash bahslarini yurtimizda o‘tkazadi.
Dastlab, 5 oktabr kuni Bruney, 7 oktabrda Janubiy Koreya hamda 9 oktabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, saralashdan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 10 ta jamoa, eng yaxshi 5 ta 2-o‘rin sohiblari Osiyo kubogiga yo‘llanma oladi. Mezbon sifatida Bahrayn terma jamoasi 16-ishtirokchi sanaladi. Biroq ular saralashda qatnashayotgani bois birinchi yoki ikkinchi o‘rinni oladigan bo‘lsa, eng yaxshi 6 ta 2-o‘rin egasi qit’a birinchiligida ishtirok etadi.


Osiyo KubogiO‘zbekiston U-17Guruh JShri-LankaBruneyJanubiy Koreya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar