Eldor Shomurodov “Roma”ga kelgunga qadar uchta mamlakat yuqori divizionida “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov” va “Jenoa” jamoalari sharafini himoya qilgan. Biroq, mamlakatimizning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi ilk sovrinini Rim klubida qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda Eldor Shomurodov UYEFA Konferensiyalar ligasidagi g‘alabasini nishonlamoqda va uzoq yaqindan tabriklarni qabul qilib olmoqda.
Konferensiyalar ligasi – UYEFA tasnifidagi yangi musobaqa. Bu turnir “ko‘hna qit’a”dagi mamlakatlarning Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida kam o‘ynayotgan jamoalari uchun xalqaro maydonga yo‘l ochish maqsadida tashkil etilgan.
Eng muhim jihati, mavsum davomida bu musobaqada Yevropa ligasining guruh bosqichidan o‘tolmagan, lekin o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qo‘shilib boradi. Bu omil turnirning nufuzini keskin oshiradi.
Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan jamoaga bosh sovrin bilan birga kelasi yili UYEFAning ikkinchi katta turniri – Yevropa ligasida qatnashish huquqi beriladi.
Demak, Konferensiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan “Roma” va uning hozirgi futbolchilari, xususan, Eldor Shomurodovning nomi musobaqaning ilk g‘oliblari sifatida futbol tarixida abadiy qoladigan bo‘ldi.
Eldor Shomurodov final uchrashuvida ham bir necha daqiqa bo‘lsa-da, o‘ynadi va yevrokuboklarning hal qiluvchi bahsida maydonda harakat qilgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.
Umuman olganda, Konferensiyalar ligasida jami 11 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi. Bu bilan o‘zbek hujumchisi jamoasining sovriniga o‘zini to‘liq daxldor his qilishga munosib.
Eldor Shomurodov mavsum davomida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda nomiga gol yozdirib qo‘ygani juda ahamiyatlidir. Legionerimiz Konferensiyalar ligasidan tashqari, A Seriyada uchta gol va to‘rtta assist bilan “Roma”ning musobaqa jadvalida kuchli oltilikka kirishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek, Eldor Italiya kubogida ham to‘p kiritib, bu musobaqada gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining Yevropadagi ilk sovrini bilan “Rostov”da hamyurtimizga ustozlik qilgan Valeriy Karpin ham tabrikladi. Hozir “Rostov”ga qo‘shib, Rossiya milliy terma jamoasini ham boshqarayotgan tajribali mutaxassis Eldor Shomurodovning o‘yin uslubini Yevropa futbolchiga moslashtirgan murabbiy hisoblanadi. Uning qo‘l ostida Shomurodov 2019-2020 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining eng kuchli futbolchilari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bundan tashqari, Eldorning A Seriyaga yo‘l olishida Karpinning xizmatlari katta bo‘lganini ham ta’kidlash kerak.
- Eldorni Konferensiyalar ligasidagi g‘alaba bilan tabriklayman. Balli, Eldor! Yevropa turnirida g‘olib chiqdi.
Shomurodov bu g‘alabaga uzoq va sabr bilan erishdi. “Rostov”da ham sabr qilgan edi. Boshida o‘ynagani yo‘q. Keyin maydonga tusha boshladi. U o‘z vaqtini va imkonini kutdi. Hammasiga erishdi. Yana bir bor balli Eldor!, - dedi Valeriy Karpin.
Eldor Shomurodov Valeriy Karpin ustozlik qilgan va Yevrokuboklarda g‘olib chiqqan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Karpinning Yevropa maydonlarda muvaffaqiyat qozongan birinchi shogirdi “Real” yulduzlaridan Marko Asensio hisoblanadi.
Ma’lumki, Valeriy Karpin futbolchilik faoliyatining katta qismini Ispaniyaning “Real Sosedad”, “Valensiya” va “Selta” klublarida o‘tkazgan. Murabbiylik davrida 2014-2015 yillarda ushbu mamlakatning “Malorka” jamoasini boshqargan.
Marko Asensio ushbu klub tarbiyalanuvchisi sifatida Karpin boshqargan jamoada to‘p tepgan va 2015 yili “Real” futbolchisiga aylangan.
Asensio madridliklar safida ikki martadan Chempionlar ligasi va UYEFA Superkubogi, uch marotaba klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda