21:20 / 27.05.2022
766

«Navbahor» «Lokomotiv» ustidan, «OKMK» esa «Neftchi» ustidan halaba qozondi

«Navbahor» «Lokomotiv» ustidan, «OKMK» esa «Neftchi» ustidan halaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 27 may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

«Lokomotiv» safarda «Navbahor» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 57 daqiqasida Zoran Marushich hisobni ochdi. 72-daqiqada Elguja Grigalashvili mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

«Navbahor» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 20 taga yetkazib, 2-o‘rinni egallab turibdi, «Lokomotiv» 12 ochko bilan 8-pog‘onani band etdi.

«OKMK» o‘z mayodnida «Neftchi» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Murod Toshmatov hisobni ochdi. 29-daqiqada Muhsinjon Ubaydullayev o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va «OKMK»ning ustunligiga sabab bo‘ldi. 31-daqiqada Sirojiddin Qo‘ziyev super gol urib, hisobni qisqartirdi. 70-daqiqada Xurshid G‘iyosov penaltidan gol urib, olmaliqliklarning g‘alabasini ta’minladi.

«OKMK» 20 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda, «Neftchi» esa 9 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi.

«Navbahor» — «Lokomotiv» 2:0
Gollar
: 1:0 — 57 Zoran Marushich, 2:0 — 72 Elguja Grigalashvili.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 6. Rustamjon Ashurmatov, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Jamshid Boltaboyev, 19. Nurillo To‘xtasinov (11. Islom Kenjaboyev, 62), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 30. Elguja Grigalashvili, 32. Zoran Marushich (9. Ibrohim G‘anixonov, 90+3).
«Lokomotiv»: 1. Abdumavlon Abdujalilov. 3. Islomjon Qobilov, 6. Alisher Salimov (20. Jaloliddin Jumaboyev, 82), 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov (22. Muhammadanas Hasanov, 77), 9. Javohir Alijonov (21. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 66), 11. Kaxi Maxaradze, 14. Xurshid Muxtorov, 17. Sanjar Qodirqulov (24. Sherzodjon Komilov, 77), 19. Etame Jerome (18. Ali Abdurahmonov, 77), 27. Islom Rashidxonov, 44. Samyuel Opex.
Ogohlantirish: Islom Qobilov (64).

«OKMK» — «Neftchi» 3:1
Gollar
: 1:0 — 12 Murod Toshmatov, 2:0 — Muhsinjon Ubaydullayev (avtogol), 2:1 — Sirojiddin Qo‘ziyev, 3:1 — Xurshid G‘iyosov (penalti).
«OKMK»: 1. Botirali Ergashev, 70. Mirg‘iyos Sulaymonov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 2. Akrom Komilov, 8. Abdulla Abdullayev, 4. Mirjamol Qosimov (15. Andrey Mishenko, 72), 88. Siyavush Haqnazariy (77. Nodir Abdurazzoqov, 85), 11. Murod Toshmatov, 27. Martin Boake (23. Aleksandr Kasyan, 72), 10. Xurshid G‘iyosov (22. Shohruh Gadoyev, 85).
«Neftchi»: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 6. Sirojiddin Qo‘ziyev, 9. Sunnatilla Abdullajonov (11. Izzatillo Abdullayev, 74), 17. Abdulloh Olimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 31. Marko Sarich (7. Oybek Qilichev, 74), 44. Darko Stanoevich, 70. Abbosjon G‘ulomov (8. Sherzod Karimov, 80), 77. Abrorbek Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Marko Sarich (8), Xurshid G‘iyosov (53), Anvarjon G‘ofurov (67).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» «Lokomotiv» ustidan, «OKMK» esa «Neftchi» ustidan halaba qozondi