Patris Evra: Buni gapirish og‘ir, ammo «Real» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonadi

Patris Evra: Buni gapirish og‘ir, ammo «Real» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonadi
«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Patris Evra Chempionlar Ligasi finali borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Taxmin qilish qiyin. Menimcha, «Real» g‘alaba qozonadi. Ularga oson bo‘lmaydi, chunki «Liverpul» finallarda yaxshi o‘ynaydi, bu «Madrid»ga ham tegishli.

«Liverpul»ning ajoyib mavsumidan so‘ng buni gapirish og‘ir. Chunki ular g‘alabaga munosib. «Real» ham «PSJ»ga, «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlardagi kambeklari bilan hayron qoldirdi. Ammo Benzema, Vinisius va Modrichlar ishtirok etgan o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Bizni ajoyib final kutmoqda. «Real» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonadi
", - dedi Patris Evra.

«Real»—«Liverpul» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 28 maydan 29 mayga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar