O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov kelasi mavsum ham “Roma”da qolishi haqida xabar bergandik.
Legionerimiz rimlik “bo‘rilar” safida kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘radi.
Joze Mourino shogirdlari oldinda juda katta sinovlar kutmoqda. “Roma” endi o‘rtamiyona klubdan yuqori maqsadlar sari kurashadigan grant jamoa darajasiga ko‘tarilishi shart. Bosh murabbiy va futbolchilar oldiga navbatdagi chempionatda kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish, Italiya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Klub mutasaddilari mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida “Roma” uchun o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish ishlarini hozirdan aniqlashtirib qo‘ya boshladi. Unga ko‘ra, Konferensiyalar ligasi g‘olibi 30 iyul kuni “Tottenxem” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
London klubi uchun ham kelasi mavsum o‘ta muhim hisoblanadi. “Tottenxem” bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasida o‘ynaydi.
“Roma” va “Tottenxem” o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Isroilning Xayfa shahrida tashkil etiladi.
Ungacha, Rim klubi rejalarida Janubiy Koreyaga borib kelish rejasi ham bor. Mourino shogirdlari Osiyo maydonlarida ham o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Xususan, “Roma”ning tayyorgarlik rejasiga 16 iyul kuni Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin ham kiritilgan.
“Sevilya” bu yilgi chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunladi va andalusiyaliklar ham kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi va bo‘lajak musobaqada puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mavsumoldi yig‘iniga katta e’tibor qaratmoqda.
Bu o‘rtoqlik uchrashuvlarida Joze Mourino kelasi mavsum jamoada qoladigan o‘yinchilar, xususan, Eldor Shomurodovning imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.
Mxitaryan qiyin tanlov qilishi kerak
“Roma”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan qiyin tanlovni amalga oshirishi kerak bo‘lyapti.
Yana bir oydan keyin futbolchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetadi. Joze Mourino 33 yoshli universal o‘yinchini jamoada saqlab qolishni istamoqda. Biroq, klub mutasaddilari Genrixga ma’qul keladigan taklif bergani yo‘q.
Vaziyatdan “Inter” unumli foydalanib qolmoqchi. Milanliklar tajribali pleymeykerga ikki yillik shartnoma va har bir mavsum uchun 3,5 million yevrodan maosh taklif qilyapti. Bunday sharoit Mxitaryanga ma’qul kelgani aytilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hali Mxitaryan hech bir taklifga rozilik bergani yo‘q. Futbolchi klublardan biroz hordiq chiqarib, keyin qaror qabul qilish uchun muhlat so‘ragan.
Demak, “Roma” ham, “Inter” ham armanistonlik yarim himoyachining bir qarorga kelishini kutishiga to‘g‘ri keladi.
Mxitaryan yakunlangan mavsumda 44 ta uchrashuvda beshta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.
“Roma” armon bo‘lib qoldi
Mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazgan tajribali himoyachi Alessandro Florensi o‘zi tegishli bo‘lgan klub – “Roma”ning Konferensiyalar ligasidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
- “Roma”ning g‘alabasidan xursand ekanimni yashira olmayman. Meni afsuslantirgan eng katta narsa “Roma” bilan biror sovrinni yuta olmaganim, - dedi Alessandro Florensi.
Shunday bo‘lsa-da, 31 yoshli himoyachi uchun mavsum omadli yakunlandi. U Milan tarkibida Italiya chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari, milanliklar uning transfer huquqini Rim klubidan to‘liq sotib olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Florensi Milanda qolishi uchun chempion jamoa “Roma”ga 4,5 million yevro miqdorida badal puli to‘lashi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi