
Klubimizda ish boshlashi kutilayotgan Maksim Shatskix shahrimizga yetib keldi.
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Shatskix klub boshqaruvidagi lavozimlardan birida ish boshlashi kutilmoqda. Tez orada uning rasmiy lavozimi e’lon qilinadi.
Shatskixni Toshkent xalqaro aeroportida klub vakillari va muxlislar kutib olishdi. Sodiq ishqibozlarimiz afsonaviy hujumchining "Paxtakor"dagi faoliyati sovrinlarga boy bo‘lishini tilashdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar