Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen "Real" va "Liverpul" (1:0) o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final o‘yinidagi tartibsizlik haqida gapirdi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi kerak edi, ammo u muxlislar bilan to‘qnashuv sabab 36 daqiqaga kechikdi.
"Futbolda bunday muammolar faqatgina ayrim Angliya klublari ishtirokida bor. Bunday katta miqdordagi chiptasiz angliyalik muxlislarning bo‘lishi oldin ham bo‘lgan, ayniqsa 2019 yilda Madridda. Bu shunga o‘xshash qiyinchiliklarni yuzaga keltirgandi. Shunday muammolar 2021 yilda "Uembli" stadionida ham kuzatilgan. Xulq-atvor, tartibsizlik va katta qalbaki chiptalar bozori".
Fransiya ichki ishlar vaziri tartibsizlikda "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppni aybladi.
"Eslatib o‘taman, aynan Klopp bir necha kun oldin hatto chiptalari bo‘lmasa ham "Liverpul" muxlislarini Fransiyaga kelishga chorlagandi. Biz o‘nlab va minglab ingliz muxlislariga ega bo‘ldik, ularning ba’zilari bizni hurmat qilishdi va chipta xarid qilgan holda maxsus fan-zonasiga borishdi. Eslatib o‘taman, fan-xonasidagi minglab muxlislarda muammo yo‘q edi, ammo bizning xavfsizlik tizimimiz bilan ularning kamroq, ammo faol qismi to‘qnash keldi", - deydi u.
O‘yinchi Sen-Deni (Fransiya)dagi "Stad de Frans"da bo‘lib o‘tdi. Bahs "Real" g‘alaba qozondi va 14-chempionligini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi