Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya – Quvayt uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Quvayt U-23 termasi bosh murabbiyi Abdul Aziz Hamadeh va jamoa sardori Holid Al Ajaji qatnashdi.
- Turnir va Kuvayt U-23 tayyorgarligi haqida
"Musobaqa tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib qolaman va umid qilamanki, chiroyli futbol ko‘rsatamiz", – dedi jamoa ustozi.
"Avvalambor, hammaga salom. Men bu turnirda ishtrok etayotganimdan xursandman va musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytib qolaman", – dedi Holid Al Ajaji.
- Guruhingizdagi raqiblarni qanchalik o‘rgandingiz?
- Cavol uchun rahmat. Guruhimizdagi barcha raqiblarni o‘rganib chiqdik, raqiblarimiz kuchli. Keyingi o‘yin Iordaniyaga qarshi bo‘lsa, 3-tur Iroq jamoasiga qarshi o‘tadi. Bu guruhni ikki darajaga bo‘ldik. Birinchi darajada odatda bir xil o‘yin ko‘rsatadigan G‘arbiy Osiyo jamoalari – Iroq, Quvayt va Iordaniya, ikkinchi darajada butkul boshqacha o‘yin uslubiga va gavdali o‘yinchilarga ega, jismoniy taraflama juda ham kuchli Sharqiyo Osiyo vakili – Avstraliya terma jamoasi. Har bir raqibimizni o‘rganib chiqqanmiz va qaysi jamoa bilan hujumkor va qaysi jamoa bilan himoyaviy o‘yin ko‘rsatishni bilamiz.
- Holid Al Ajajiga savol. Birinchi uyindagi raqibingiz juda kuchli Avstraliya jamoasi va bu jamoa Olimpiada uyinlariga yullanma olgan. Bu haqda fikringiz...
- Guruximizdagi barcha raqiblarimizni o‘rganib chiqdik va o‘yindan o‘yinga o‘sishga erishamiz. Raqibimiz Avstraliya haqida gapiradigan bo‘lsam, bu jamoa jismoniy tarafdan musobadagi eng kuchli jamoalardan biri. Ammo ishonamanki, bu raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz.
Eslatib o‘tamiz, Quvayt U-23 "B" guruhida Avstraliya, Iordaniya va Iroq bilan kurash olib boradi. Jamoaning 1-tur o‘yini bugun 18:00 da Qarshidagi "Markaziy" stadionida start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi