22:41 / 01.06.2022
949

U-23 Osiyo kubogi. Mehdi Mahdavikiya: "Qatarga qarshi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik"

U-23 Osiyo kubogi. Mehdi Mahdavikiya: "Qatarga qarshi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik"
U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Eron - Qatar (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Eron bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya va yarim himoyachi Muhammad Xodabandexlo qatnashdi.

"Bugungi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik. Ikkala taymda ham to‘pni, ham o‘yinni nazorat qildik. Afsuski durang natija qayd etildi. Bugun Qatardan har jihatdan ustun edik. Raqib ham yomon o‘ynamadi va o‘ziga kerakli natijani qo‘lga kiritdi. O‘ylaymanki keyingi o‘yinlarda ijobiy natijalarga erishamiz", - dedi Mehdi Mahdavikiya.

"Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Raqibdan yaxshiroq o‘ynadik. Afsuski xatolarimiz tufayli birinchi gol o‘tkazib yubordik, lekin o‘yinga qaytib hisobni tenglashtira oldik. O‘ylaymanki bu keyingi o‘yin oldidan bizga yaxshi saboq bo‘ladi", - dedi Muhammad Xodabandexlo.

- Bugun jamoaingiz jismoniy jihatdan Qatardan ustun edi. G‘alaba uchun nima yetishmadi?
- Biz birinchi gol o‘tkazib yuborganimiz tufayli g‘alaba qozona olmadik. Jismoniy tomonlama haqiqatdan ham raqibdan kuchli edik. Bundan tashqari bizning o‘yinchilar Qatar futbolchilaridan biroz yoshroq.

- Bugungi hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Hakam bugun ko‘p kartochka ko‘rsatgan bo‘lsa ham yaxshi ishladi. Umuman olganda hakamlar haqida gapirishni xohlamasdim.

- Qatarning o‘yini siz uchun syurpriz bo‘ldimi?
- Yo‘q, Qatar biz oldindan kutgan o‘yinni namoyish etdi. Biz ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik.

- Ikki kundan keyin 2-tur o‘yini bor.
- Biz tiklanish jarayonini boshlaymiz. Ikkinchi turda Turkmanistonga qarshi o‘ynaymiz va hozirgi eng asosiy maqsadimiz o‘sha bahsda g‘alaba qozonishni xohlaymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. Mehdi Mahdavikiya: "Qatarga qarshi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik"