22:44 / 01.06.2022
899

U-23 Osiyo kubogi. Nikolas Kordova: "Bu musobaqada hech bir jamoaga oson bo‘lmaydi"

U-23 Osiyo kubogi. Nikolas Kordova: "Bu musobaqada hech bir jamoaga oson bo‘lmaydi"
U-23 Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Eron - Qatar (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Qatar bosh murabbiyi Nikolas Kordova qatnashdi.

"Bugun juda kuchli, qiziqarli va tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Bahs oxirida hisobni ochdik, ammo afsuski raqib so‘nggi daqiqada gol urdi. Bu o‘yin shuni ko‘rsatdiki, musobaqadagi barcha uchrashuvlar hamma jamoalar uchun qiyin bo‘ladi. Biz navbatdagi bahsga tiklanishga harakat qilamiz", - dedi Nikolas Kordova.

- Bugun jismoniy kurashlarga boy бўлди...
- Ha to‘g‘ri, jismoniy kurashlarga boy o‘yin ko‘rdik. Osiyo qitʼasidagi ko‘p jamoalar shunday o‘ynaydi. Ammo biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatishga intilamiz. Keyingi bahslarda shunday o‘ynashga urinamiz.

- Ikkinchi taymda ko‘p o‘zgarishlarni amalga oshirdingiz. O‘zgarishlardan keyin Qatar gol urdi. Keyingi bahsda asosiy tarkib o‘zgarishi mumkinmi?
- Hozir bu haqda biron narsa ayta olmayman. Biz O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yinni ko‘ramiz va ikkinchi turga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugungi 1:1 hisobi siz uchun qoniqarli natijami?
- Agar o‘yinni sarhisob qiladigan bo‘lsak durang yomon natija emas. Chunki Eron kuchli jamoa hisoblanadi, ularga qarshi bahs og‘ir bo‘lishini bilardik. Umumiy natijadan qoniqish hosil qildim.

- Bugun futbolchilaringiz ko‘plab yakkakurashlarda raqibga ютқазди...
- Aytganimdek Eron kuchli jamoa va futbolchilar jismoniy jihatdan baquvvat. Yakkakurashlarda bizdan ustun kelishi tabiiy hol. Ammo jamoaviy o‘yin va boshqa tomonlama biz ulardan ustun edik deb o‘ylayman.

- Bugun shogirdlaringiz ko‘plab golli imkoniyatlardan foydalana olmadi. Buni nima bilan izohlaysiz?
- To‘g‘ri ko‘p imkoniyatlardan gol ura olmadik, buni ularning yoshligi bilan bog‘layman. Bu musobaqa yosh futbolchilar uchun birinchi navbatda tajriba maktabi bo‘ladi.

- O‘yinda urilgan gollarning daqiqasiga qarab aytadigan bo‘lsangiz 1 ochko oldingizmi yoki 2 ochko yo‘qotdingizmi?
- Albatta o‘yin tugashiga oz qolganida gol o‘tkazib yuborib g‘alabani qo‘ldan boy berdik, demak 2 ochko yo‘qotdik. Umumiy olganda ikkita teng kuchli jamoa ishtirokidagi durang yomon natija emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. Nikolas Kordova: "Bu musobaqada hech bir jamoaga oson bo‘lmaydi"