23:38 / 01.06.2022
930

Hojimat Erkinov: "Har doim katta musobaqalarda birinchi o‘yin qiyin kechadi

Hojimat Erkinov: "Har doim katta musobaqalarda birinchi o‘yin qiyin kechadi
O‘zbekiston U-23 hamda Turkmaniston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda vakillarimiz qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinni faol o‘tkaza olgan Hojimat Erkinov bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Butun xalqimizga minnatdorchilik bildiraman. Bu g‘alaba xalqimizniki. Xudo xohoasa, bu boshlanishi. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga yana bir bor rahmat. Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilishga harakat qilamiz.

- Musobaqani boshlash uchun qandaydir maʼnoda qiyin o‘yin bo‘ldi. Endi keyingi uchrashuvlardan nima kutmoqdasiz?

- Birinchi o‘yin bo‘lgani uchun qiyin kechdi. Har doim katta musobaqalarda birinchi uchrashuv qiyin bo‘ladi. Raqib jamoa ham bugun himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. Shu bois ham qiynaldik. Lekin golli imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, faqat foydalana olmadik. Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvlarda osonroq bo‘ladi, degan umiddaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hojimat Erkinov: "Har doim katta musobaqalarda birinchi o‘yin qiyin kechadi