992
Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Avstraliyalik o‘yinchilar va yigitlarim o‘rtasida katta tafovut bor"
Yurtimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Avstraliya U-23 termasi Quvayt U-23 jamoasini (2:0) mag‘lub qildi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Quvayt U-23 termasi bosh murabbiyi Abdul Aziz Hamadeh qatnashdi.
O‘yin haqida
- Birinchi navbatda barchaga rahmat demoqchiman. Rostini aytsam, mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, biz raqibga kuchli qarshilik ko‘rsata oldik. Yevropacha uslubda o‘ynaydigan jamoaga qarshi juda ko‘p kuch yo‘qotdik. Ammo bugun biz gol kiritishimiz lozim edi. Keyingi o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimizga ishonaman.
- Avstraliya jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Biz birinchi navbatda o‘z jamoamiz o‘yinini tahlil qilishimiz lozim. Guruhimizdagi barcha terma jamoalar juda kuchli. Misol uchun, Avstraliya terma jamoasiga e’tibor beramiz. Avstraliya termasi tarkibida mamlakat chempioni bo‘lgan "Sidney" jamoasi tarkibidan besh yoki oltita professional o‘yinchi bor. "Adelaida" jamoasi tarkibidan ham olti yoki yettita o‘yinchi ushbu jamoa tarkibida o‘ynamoqda. Shu bilan birga, raqib tarkibida Angliyada o‘ynaydigan o‘yinchilar ham bor. Bizning jamoada esa asosiy o‘yinchilar hali yosh va havaskor. Aynan shu sabab ham ikki jamoa orasida katta tafovut yuzaga keldi.
- Keyingi o‘yindan oldin shogirdlaringizni qanday ruhlantirasiz?
- Birinchi navbatda shogirdlarim o‘zini ruhan tiklab olishiga intilaman. Ruhiy va jismoniy holat juda muhim. Men o‘yinchilarimdan o‘zlariga ishonishlarini va maydonda yaxshi futbol ko‘rsatishlarini so‘rayman. Bu musobaqada har uch kunda o‘yinlar o‘tkaziladi. Shu sabab, ular birinchi navbatda o‘zlarini jismonan tiklab olishlari kerak. Shundan so‘ng esa men ularga ishonch berib, maydonda yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun imkoniyat yarataman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi