Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ertaga Namanganga yo‘l oladi. Ayni payt Toshkentda davom etayotgan mashg‘ulotlarga barcha futbolchilar yetib kelishga ulgurdi. Legioner hujumchimiz Igor Sergeyev kechagi mashg‘ulot avvalida oldindagi o‘yinlar va "Paxtakor"ga qaytishi haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.
"Terma jamoada taassurotlar yaxshi. Tayyorgarlik davom etmoqda. Dastlabki kunlarda ko‘p yuklamalar berildi. Qolgan hammasi ko‘ngildagidek. Yigitlar bo‘lajak o‘yinlar oldidan mas’uliyatni tushunib turishibdi. Muhimi futbolchilarda kayfiyat pozitiv",- dedi Igor Sergeyev.
- "Paxtakor"ga qaytishingiz haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kirita olasizmi?
- Yo‘q. Bu shunchaki mish-mish. Ochig‘i bu aniq narsa emas. Turli gaplar qulog‘imga chalindi. "Paxtakor" men o‘sgan klub. Har doim ular bilan aloqadaman. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi
- Saralashdagi raqiblarimiz o‘rganilyaptimi? Ular haqida nimalarni bilasiz?
- Raqiblarni hurmat qilamiz. Ulardan ikki karra ustun bo‘lishimiz kerak. Futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Jamoadoshlarim vaziyatni to‘g‘ri baholashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi