21:41 / 03.06.2022
1 975

Tadbirkor Murod Nazarov yangi lavozimga saylandi

Tadbirkor Murod Nazarov yangi lavozimga saylandi
Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston polo federatsiyasining yillik hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masalalar O‘zbekiston polo federatsiyasi rais o‘rinbosarlari va Bosh kotibining yangi tarkibini saylash bo‘ldi.

Federatsiya raisi o‘rinbosari lavozimiga birinchi nomzod sifatida Murod Nazarov tavsiya qilindi.

So‘ngra O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining Karerani rivojlantirish markazi va bitiruvchilar bilan hamkorlik bo‘limi rahbari Mirziyod Majidiy nomzodi ilgari surildi.

O‘zbekiston polo federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga esa Akbar Asqarov nomzodi ilgari surildi.

Anjuman ishtirokchilari taklif etilgan barcha nomzodlarga ovoz berishi natijasida Murod Nazarov va Mirziyod Majidiy O‘zbekiston polo federatsiyasi raisining yangi o‘rinbosarlari etib, Akbar Asqarov bosh kotib etib saylandi.

Ma’lumot uchun: Polo O‘rta Osiyo hududi bilan bog‘liq bo‘lgan boy tarixga ega, u birinchi ming yillik o‘rtalarida jamoaviy o‘yin – chovg‘on tarzida vujudga kelgan. Chovg‘on asrlar davomida O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Iroq va qo‘shni turkiy mamlakatlarda juda mashhur bo‘lgan. Qadimgi miniatyuralarda o‘yinning parchalari tasvirlangan, tarixiy qo‘lyozmalarda o‘yinning batafsil tavsifi va qoidalari berilgan. Ilk xalqaro chovg‘on musobaqalari chavandozlar o‘rtasida o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tadbirkor Murod Nazarov yangi lavozimga saylandi