“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z natijalari haqida gapirdi.
“Rekordlar? Ularning orqasidan hech qachon quvmaganman. Aksincha, qaysidir uchrashuvda maydonga tushsam, ertasi kuni qandaydir rekordni yangilaganim haqida xabar o‘qiyman. Ammo bu mening o‘yinimga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.
Natijalar menga qo‘shimcha motivatsiya beradi va odatdagi kabi qattiq ishlashda davom etaman. Faoliyatim davomida jamoadoshlarim menga ko‘p yordam bergan. Shu sabab ulardan juda ham minnatdorman.
Har doim gol urishni, "Manchester Yunayted" yuqori o‘rinlarni egallashini xohlayman. Agar xet-trikka erishsam, bu ikki baravar yoqimli”, - deya portugaliyalik forvardning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Krishtianu APLda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol muallifiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”