Vetnam U-23 bosh murabbiyi: "Janubiy Koreya bilan durang o‘ynashni istamagandik"

Vetnam U-23 hamda Janubiy Koreya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Vetnam olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gong O-Kyun bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men durangni rejalashtirmagan edim. O‘yin boshlanmasidan oldin yigitlarga g‘alaba uchun maydonga tushishlari kerakligini aytdim. Janubiy Koreya bilan durang o‘ynashni istamagandik. Biz g‘alaba qozonishimiz shart edi.
Uchrashuv oldi ozroq xavotirda edim. Sababi, bizda tayyorgarlik uchun yetarli vaqt yo‘q edi. Biroq futbolchilar ajoyib harakat qilishdi.
Jamoadagi birorta odam natijadan qoniqish hosil qilmadi. Koreya kuchli jamoa, futbolchilari ham yuqori darajada. Ammo biz ko‘proq g‘alaba uchun kurashgandik.
Natija uchun afsusdaman. Lekin yigitlarning ham mehnatini qadrlayman", - dedi mutaxassis.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Men durangni rejalashtirmagan edim. O‘yin boshlanmasidan oldin yigitlarga g‘alaba uchun maydonga tushishlari kerakligini aytdim. Janubiy Koreya bilan durang o‘ynashni istamagandik. Biz g‘alaba qozonishimiz shart edi.
Uchrashuv oldi ozroq xavotirda edim. Sababi, bizda tayyorgarlik uchun yetarli vaqt yo‘q edi. Biroq futbolchilar ajoyib harakat qilishdi.
Jamoadagi birorta odam natijadan qoniqish hosil qilmadi. Koreya kuchli jamoa, futbolchilari ham yuqori darajada. Ammo biz ko‘proq g‘alaba uchun kurashgandik.
Natija uchun afsusdaman. Lekin yigitlarning ham mehnatini qadrlayman", - dedi mutaxassis.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…