22:14 / 07.06.2022
1 056

Yengilmas bokschi Naoya Inoue navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, uchta kamarga ega bo‘ldi

Yengilmas bokschi Naoya Inoue navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, uchta kamarga ega bo‘ldi
Professional boksning yengil vazn toifasida (-53,5 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Naoya Inoue (23-0, 20 KO) o‘zining navbatdagi jangini 7 iyun, seshanba kuni WBC chempioni Nonito Doneyrga (42-7, 28 KO) qarshi o‘tkazdi.

Yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi filippinlik raqibiga qaraganda ishonchli va tezkor harakat qildi. Birinchi raundda ikkala bokschi ham yaxshi harakat qildi, ammo yakunda Inoue Doneyrni nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi raundda esa «maxluq» boshlagan ishini davom ettirdi va Doneyr bunga dosh bera olmadi. U yaponiyalikning tezkor zarbalariga qarshilik ko‘rsata olmadi.

Nonitoning ikkinchi yiqilishidan so‘ng, hakam jangni to‘xtatdi. Shu tariqa Inoue faoliyatidagi 23-jangida 23-g‘alabasiga erishdi. U mazkur janglarning 20 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Naoya endilikda WBA, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha kamarlarni birlashtirdi. WBO unvoni esa britaniyalik Pol Batlerga tegishli bo‘lib qolmoqda.

39 yoshli Doneyr va 29 yoshli Naoyaga 2019 yilning noyabr oyida ham o‘zaro to‘qnash kelgan va 12 raund davom etgan jangda Inouening qo‘li baland kelgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas bokschi Naoya Inoue navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, uchta kamarga ega bo‘ldi