Bir necha soatdan keyin milliy jamoamiz Osiyo Kubogi saralashidagi ishtirokini boshlaydi. Raqib — Shri-Lanka. 2-3 yil oldin bu jamoa bilan o‘ynashimiz ko‘pchilikning tasavvuriga sig‘mas edi. Ammo, taqdir bizni shunga ham majbur qilyapti.
Murabbiy raqibga har qancha hurmat saqlamasin, bugungi bahsda faqat bitta intriga bor: Shri-Lanka darvozasiga nechta gol uramiz?
1999 yilgi bahsda hamyurtlarimiz 6 ta to‘p bilan cheklangan ekan. Raqib darvozasini Jafar Irismetov (dubl), Nikolay Shirshov (dubl), Fevzi Davletov hamda Ravshan Bozorov mualliflik qilgan.
O‘sha davrda Shri-Lanka havaskorlardan tashkil topgan edi. Keyingi 23 yilda ham aytarli hech narsa o‘zgarmadi. Raqiblarimiz bugun Eldordan libos olishni umid qilib, maydonga chiqishadi.
Shri-Lanka terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingining 205-pog‘onasini band qilib turibdi. Yer sharida ulardan kuchsizroq faqat 6 ta jamoa bor.
Terma jamoaning umumiy tarkibi 1 mln yevroga baholangan. Solishtirish uchun, Pro ligadagi "Yangiyer" ham Shri-Lankadan qimmatroq hisoblanadi.
Shri-Lankaning rasmiy o‘yinlardagi oxirgi g‘alabasi 2019 yilning yozida qo‘lga kiritilgan ekan. Unda Makao terma jamoasi mag‘lub qilingan.
Xullas, bugungi o‘yin faqat bir tomonga o‘ynaladi. Bizning darvozamizni Srechko Katanetsning o‘zi qo‘riqlasa ham, nolga turadi. Kunning yagona savoli aniq: nechta gol uramiz?
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”