O‘zbekiston Shri-Lanka darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi

O‘zbekiston Shri-Lanka darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi
Bugun, 8 iyun kuni Osiyo kubogi-2023 saralashi 1-turi doirasida Namangan shahrida O‘zbekiston va Shri-Lanka terma jamoalari uchrashdi.

Dastlabki ikki gol jarima zarbalaridan so‘ng darvoza to‘ridan joy oldi: Jaloliddin Masharipovning ajoyib golini (1:0) chap oyoqda ham urish mumkinligini Doston Hamdamov isbotladi (2:0).

Ikkinchi taymda orolliklar jarima maydonida ketma-ket urinishlardan so‘ng ham darvoza to‘riga tushishni «istamayotgan» to‘pni himoyachimiz Farrux Sayfiyev kuchli zarbasi bilan bo‘ysundirdi (3:0). Gol!

O‘yin suratdagi muxlis istagan hisob bilan yakunlandi.

O‘zbekiston — Shri-Lanka 3:0
Gollar
: 1:0 — 36, Masharipov, 2:0 — 47, Hamdamov, 3:0 — 61, Sayfiyev.

O‘zbekiston: 12.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullayev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov, 20. Azizbek Amonov, 14. Eldor Shomurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Umarbek Eshmurodov, 6.Sardor Sobirxo‘jayev, 8.Dilshod Saitov, 11.Sherzod Temirov, 13.Islomjon Qobilov, 15.Oston O‘runov, 16.Valijon Rahimov, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 21.Igol Sergeyev, 22.Oybek Bozorov, 23.Husniddin Aliqulov.

Shri-Lanka: 1.Sujan Perera, 3.Harsha, 4.Chalana Chamira, 6.Raznayake, 7. Akib, 8.Asikur Rahuman, 10.Dillon Senan, 12.Muhammad Shabir, 13.Jesuzasan, 16.Hettige Don, 23.Dilhara.
Zaxira: 20.Prabaz Ruvan Arunasiri, 22.Lakpriya Fernando, 2.Madushan, 5.Kajakopan, 9.Muhammad Shifan Nazir, 11.Shenal Sandesh, 14.Muhammad Naizir Fasal, 15.Nizarshan, 17.Jude Supan, 18.Abdul Basiz, 19.Afil Muhammad Navshad, 21. Aman.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar