23:31 / 08.06.2022
1 228

Srechko Katanes: "Turnir so‘nggiga qadar barchaga imkoniyat berishga harakat qilaman"

Srechko Katanes: "Turnir so‘nggiga qadar barchaga imkoniyat berishga harakat qilaman"
Osiyo Kubogi saralashi 1-turi doirasida O‘zbekiston - Shri-Lanka uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘zingiz ko‘rdingiz, o‘yin yaxshi ruhda o‘tdi, futbolchilarga rahmat aytaman, ular professional o‘yin namoyish etishdi. Men o‘yin tugaguncha g‘alabaga ishonmayman, falsafam shunday. Qolaversa, raqib posboni yaxshi o‘yin namoyish etdi.

Masharipov: - Bu bosqichda ilk bor o‘ynashimiz. Endilikda qaytadan jamoa shakllantirib, Yaponiya, Koreya singari jamoalarga qarshilik qila oladigan jamoa shakllantirib, yangi bosqichga chiqmoqchimiz.

- Asosan gollar standartdan kiritildi. Mashg‘ulotlarda shunga ko‘proq urg‘u berilganmidi?
Masharipov: - Gol ursak, jamoa ochiq o‘yin namoyish etishga majburligini bilardik. Mashg‘ulotdan keyin qolib standartlar ustida ishlaymiz, zamonaviy futbolda standart penaltiga teng.

- Bugun maydonda O‘runovni ko‘rmadik.
Katanes: - Javobim oddiy. Boshqa o‘yinchilarga imkoniyat berdim. Turnir so‘ngigacha barchaga imkoniyat berishga harakat qilamiz.

- Bugungi jamoa niyati hujumga qaratildi, reja shu edimi, o‘yinchilardan qoniqdingizmi?
- O‘zim ham hayronman, bunday jamoalarga qarshi tayyorlash qiyin. Ular himoyada yotadigan jamoa. Ularning asosiy maqsadi kamroq gol o‘tkazish. Raqib qo‘rqdi maydonga chiqishga. Ikkita jarima zarbasidan so‘ng gol urdik. Bunday bahslarda har narsa bo‘lishi mumkin. Kuchsiz jamoa bitta zarba bilan ham jazolashi mumkin.

- Jamoaning o‘zagi shumi yoki uni shakllantirish yana davom etadimi?
- Haligacha jamoa shakllanishda davom etmoqda. Shukurov, Shomurodov, Masharipov kabi futbolchilar jamoaning asosiga aylandi. O‘ylaymanki, bular bilan jiddiyroq natijaga erishamiz. Bizda yosh talantli futbolchilar ham ko‘p. Terma jamoaga nafaqat jamoaviy o‘ynaydigan, balki individual o‘yinchilar ham kerak, chunki bularsiz pas bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.

- Championat.asia saytida Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi qoldirilgani haqida o‘qidik. Bunga sabab nima?
- Bu haqda birinchi eshitishim, xabarim yo‘q edi. Bizni oldinda yana ikki saralash bahsi kutib turibdi. Menga aytishicha, Maldiv yaxshi o‘yin ko‘rsatibdi. Argentina haqida esa hozir sizdan eshitdim.

- Biz faqatgina bitta hujumchi — Shomurodovga asoslangan tarkibga o‘rgandik. Kuchsizroq jamoalarga qarshi boshqacha taktika sinab ko‘rish maqsadga muvofiq emasmi?
- Bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Men futbolchilarning holatini yaxshi bilaman hamda tarkibdan kelib chiqib qaror qabul qilaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Turnir so‘nggiga qadar barchaga imkoniyat berishga harakat qilaman"