18:40 / 10.06.2022
1 745

Timur Kapadze: Iroq bilan o‘yin taqdiri ekstra taymlarda hal bo‘lishi mumkin

Timur Kapadze: Iroq bilan o‘yin taqdiri ekstra taymlarda hal bo‘lishi mumkin
Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlariga start beriladi. Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, Iroq U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Timur Kapadze: – Har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Jiddiy raqiblar bilan o‘ynadik. Asosiysi, biz birinchi o‘rin bilan keyingi bosqich masalasini hal qildik. Musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Bundan buyog‘iga yanada qiyin va jiddiy raqiblar kutib turibdi.

Biz uchun ertangi o‘yin muhim. Koreya yoki Yaponiyaning qanday kuchga ega ekanini bilamiz. Bizning jamoamiz ham o‘ziga yarasha kuchli. Ammo ta’kidlaganimdek, hozirgi e’tiborimiz Iroqqa qarshi bahsga qaratilgan.

Iroqqa qarshi o‘yin haqida
– Bu jamoaning kattalari va yoshlari doimo kuchli o‘yin namoyish etib kelgan. Ularning bahsini kuzatib chiqdik. Ancha jiddiy raqib ekani bilinib turibdi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Pley-of o‘yinlari haqida
– Bu borada bolalarda yaxshi tayyorgarlik bor. Ertaga bahs taqdiri ekstra taymlarda hal bo‘lishi mumkin. Ular ham ruhiy, ham jismoniy tomondan ertangi uchrashuvga tayyor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: Iroq bilan o‘yin taqdiri ekstra taymlarda hal bo‘lishi mumkin