09:57 / 11.06.2022
2 548

Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)

Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)
Bugun, 11 iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-Yorkda tashkil etilgan profboks kechasining markaziy jangida ringga ko‘tarildi.

Unga bu safar profringdagi ancha jiddiy raqib – kongolik Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) qarshilik ko‘rsatdi.

Bahodir dastlabki raunddan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va ikkinchi raundga kelib ketma-ket aniq zarbalari bilan raqibini qiyin ahvolga sola boshladi. Oltinchi raund so‘ngida raqib ringga quladi, nokdaun. Jangning so‘nggi – sakkizinchi raundida Jalolovning chap qo‘ldan bergan dahshatli zarbasi Jek Muloveyni chuqur nokautga uchratdi.

Shu tarzda "BIG UZBEK" (Jalolovning ringdagi taxallusi) profringdagi 11-jangini ham nokaut bilan yakunladi.

Ushbu jangning qisqacha videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:>>>VIDЕO

Bahodir Jalolov1, Jek Mulovayi1, Professional boks1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)