
Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi "C" guruhi 2-turi doirasidagi Shri-Lanka – Tailand o‘yini (0:2) bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Tailand bosh murabbiyi Aleksandr Polking fikrlarini bildirdi.
"Bilaman, himoyalanish futbolning bir bo‘lagi, biroq o‘ta chuqur himoyadagi jamoaga qarshi o‘yin ko‘rsatish qiyin. Ko‘pgina imkoniyatlar yaratdik, faqatgina ikkitasidan foydalana oldik. O‘ylashimcha, Osiyo Kubogiga chiqish uchun bizda yetarli ochko mavjud", – dedi murabbiy.
- O‘zbekistonga qarshi o‘yindan nimalar kutyapsiz?
- Albatta, O‘zbekistonga qarshi o‘yin orqali kuchimizni sinaymiz. Bo‘lajak o‘yinda bor imkoniyatlarimizni ishga solishga harakat qilamiz.
- Kelgusi bahsda jangovar tarkib maydonga tushadimi yoki zaxiradagi o‘yinchilarga imkoniyat berasizmi?
- Biz eng kuchli jamoamizni maydonga tashlashga harakat qilamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar