
U23 Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi O‘zbekiston - Iroq uchrashuvida vakillarimiz penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Bugun stadionda ta’riflashga ojiz atmosfera bo‘ldi. Huddi o‘zimni chempionlar ligasi finalida o‘ynagandek his qildim. Kartochkaga kelsak, futbolda hamma narsa bo‘lib turadi. Muhimi, biz vaziyatdan chiqib keta oldik.
Aytgandimdek, muxlislar qo‘llab-quvvatlab turgani sababli charchoq nimaligini bilmadim. Har bir muxlisga rahmat aytib qolamiz.
Murabbiyimiz gol o‘tkazganimizdan keyin ham bizga o‘yinni tushirib yubormasligimizni aytib, har birimizga ishonishini, albatta o‘yinni o‘zimiz foydamizga hal qila olishimizga ishonishini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar