Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan dramatik bahsdan so‘ng vakillarimiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
- Qizil kartochka o‘yinga qanday darajada ta’sir qildi? (savol ham murabbiy, ham futbolchiga)
"Avvalambor, xalqimizni g‘alaba bilan taqdirlayman. Ular bizni oxirigacha qo‘llashdi. Qizil kartochka kutilmagan holat bo‘ldi. Erta 10 kishi bo‘lib qolganimiz katta qiyinchilik tug‘dirdi. Shunday bo‘lsa ham yigitlar ruhan sinib qolishmadi, buning uchun ularga rahmat. Asosiysi, g‘alaba qozondik", – dedi Kapadze.
"Murabbiyimning gaplariga qo‘shilgan holda shuni aytamanki, bugun stadionda til bilan ta’riflashga ojiz atmosferani ko‘rdik. Xuddi Yevropa Chempionlar Ligasiga o‘ynagandek bo‘ldik. Qizil kartochka katta ta’sir o‘tkazdi. Bu bizni qanday kuchli ekanimizni ko‘rsatishga sabab bo‘ldi. Shunday o‘yinlar orqali katta tajriba olamiz. Yana bir bor bizni ajoyib qo‘llab-quvvatlab turgan tomoshabinlarga tashakkur aytamiz", – dedi Jaloliddinov.
- Yarim finalda qaysi jamoa tushishini xohlaysiz?
- Yaponiya ham, Janubiy Koreya ham kuchli. Lekin bu taqdirga bog‘liq. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha bilan to‘qnash kelamiz. Ikkala jamoaga ham omad tilab qolaman.
- Arab o‘yinini oldindan bilamiz. Yigitlar bilan avvalroq bunga tayyorgarlik ko‘rilmaganmidi?
- Bu borada futbolchilarga tushuntirish ishlari olib boriladi. Lekin hammada har xil ruhiyat, psixologiya bor. Ular maydonga jangovor ruhda tushishadi. O‘sha vaziyatda darvozabonimizning o‘zi bizning foydamizga qo‘pollik ishlab olishi mumkin edi. Bu biz uchun katta saboq bo‘ldi.
- Ne’matovning qizil kartochka olgani keyingi o‘yinda biz uchun qanchalik katta yo‘qotish?
- U jamoamizdagi yetakchi futbolchilardan biri. Uning tajribasi kattaligini inobatga olsak, bu biz uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Futbolda jamoada 23 o‘yinchi bo‘ladi. Keyingi uchrashuvda zaxira darvozabonimiz bilan kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz.
- Birinchi goldan keyin va hisob tenglashtirilgan vaqt orasidagi reaksiyangizni tasvirlab bersangiz...
- Qizil kartochka sabab 1 kishi kam bo‘lib, qiyin vaziyatga tushib qoldik. Yigitlarga ishonar edim. 11 kishi bo‘lganimizda, bu o‘yinda osonroq g‘alaba qozongan bo‘lar edik. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz sari oxirigacha harakat qildik va haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman.
- O‘yingacha bo‘lgan mashg‘ulot jarayonida ekstra taym va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rilganmidi?
– Albatta, kecha mashg‘ulot davomida penaltilar seriyasini mashq qilgan edik. Bungacha shogirdlarimga har qanday vaziyatga tushib qolishimiz mumkinligi, barchasiga tayyor bo‘lishimiz kerakligi haqida aytib o‘tganman. To‘g‘ri, erta qizil kartochka olganimiz ozroq hayajonga solgan bo‘lsa ham, bunday vaziyatlarga tayyorlangan edik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...