2 237
Go Oiva: "O‘zbekistonning bir kishi kam bo‘lib ko‘rsatgan o‘yini jamoa qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi"
U-23 Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya U-23 - Yaponiya U-23 (0:3) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda yaponiyaliklar ustozi Go Oiva fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun unchalik ham ko‘p imkoniyat yaratmagan bo‘lsangiz ham uchta gol urdingiz. Shu haqida gapirsangiz?
- Albatta, bu ajoyib bo‘ldi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Futbolchilar ham maydonda ajoyib harakat qilishdi. O‘yin ham biz uchun omadli kechdi.
- O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida gapirsangiz. Yarim final uchrashuviga muxlislar kiritilmasligi haqidagi xabarlar ham tarqaldi...
- Muxlislar borasidagi yangilikdan xabarim yo‘q. Biz bu haqida hali o‘ylab ko‘rmadik. Shu sababli bu mavzu haqida bir narsa deya olmayman.
- Bugungi o‘yindagi g‘alabaga qanday omillar sabab bo‘ldi?
- Bugun agressiv o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. O‘yinchilarim nima qilish kerakligini to‘liq tushunib o‘ynashdi. Uchta gol kiritdik va birorta ham to‘p o‘tkazib yubormadik. Bu esa juda yaxshi natija.
- O‘yinchiga savol. Bugun ikkita gol kiritishga erishdingiz. Shu haqida fikringiz...
- Bundan juda baxtliman. Ikkita gol va bitta assist. Ammo men har doim jamoa manfaatini yuqori qo‘yaman. Birinchi navbatda jamoamga foydam tegishi kerak.
- Bosh murabbiy va o‘yinchiga savol. O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqidagi fikringiz. Bu jamoa o‘yinlarini kuzatdingizmi? Ushbu o‘yindagi imkoniyatlaringiz qanday?
- O‘zbekiston U-23 terma jamoasining kechagi o‘yinini ko‘rdim. O‘zbekistonning bir kishi kam bo‘lib ko‘rsatgan o‘yini jamoa qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. O‘yinchilarning texnikasi, tezligi shunchaki ajoyib. Shu jihatdan ham biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Biz hozir ishni birinchi navbatda tiklanishdan boshlashimiz kerak. O‘zbekiston jamoasi o‘yinini o‘rganamiz va analiz qilish ham eng muhim ishlardan biri.
- Ushbu savolga o‘yinchining javobi qanday?
- Bu mening Osiyo qit’asidagi birinchi musobaqam. Bugungi o‘yinga qadar faqat Koreya haqida o‘yladim. O‘zbekiston haqida aniq bilmayman. Ammo ularning yarim finalga yetib kelganliklari O‘zbekiston qanday jamoa ekanligini anglatadi.
- Ushbu o‘yindagi imkoniyatlaringiz qanday?
- Muhim o‘yin. Qiyin bo‘lishi aniq. Ammo biz har bir o‘yinda o‘z o‘yinimizni rivojlantirib bormoqdamiz. Hozir qilinadigan birinchi ish bu o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...