Foto: Reuters
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) jamoalarning o‘yin davomidagi tarkibda 5ta o‘zgarishni amalga oshirish qoidasi saqlanib qolinishi e’lon qildi.
Ushbu qoida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan bo‘lib, o‘yin davomidagi o‘zgarishlar soni yana 5tadan 3taga qaytarilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo IFAB futboldagi bu o‘zgarish saqlanib qolishi haqida ma’lum qildi.
«IFABning bugungi yig‘ilishida ushbu o‘zgartirishning futbol qoidalariga doimiy kiritilishi bo‘yicha bir qator tavsiyalar va barcha futbol jamoatchiligining bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’qulladi. Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari ixtiyoriga ko‘ra, zaxiradagi o‘yinchilar sonini 12dan 15 nafargacha oshirishiga ruxsat berildi», — deyiladi tashkilot rasmiy saytida.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda yevrokubok va xalqaro o‘yinlarda 5 nafargacha o‘zgarish qoidasiga amal qilingan bo‘lsa, APLda o‘zgarishlar soni yana 3taga qaytarilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...