Joriy yilning 4-12 iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda 200.7 ochko jamg‘argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, Server Ibragimov ushbu natijasi bilan delegatsiyamiz hisobiga 2 ta medalni yozdirib qo‘yish bilan bir qatorda, 2024 yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, aynan Server Ibragimov Parij-2024ga litsenziya qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha bir necha bor Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...