O‘zbekistonga qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya bosh murabbiyi Go Oiva hamda OFK tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Joel Fujita qatnashdi.
"O‘zbekiston terma jamoasini o‘rganib chiqqandik. Bu individual kuchli jamoa. Bugungi mag‘lubiyat biz uchun alamli bo‘ldi. Endi uchinchi o‘rin uchun bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz",- dedi Go Oiva.
"Ikkita gol o‘tkazib yubordik. Birinchi goldan keyin hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. O‘z futbolimizni ko‘rsata olmadik. Tezkor hujumlarga o‘tishda qiynaldik", - dedi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Joel Fujita.
- Chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi bahsda sizlarda barchasi o‘xshagandi. Bugun esa ikkinchi taymda shogirdlaringizning kuchi qolmadi. Nimaga?
- Shogirdlarim bu bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi. Biroq bu yetarli bo‘lmadi. Ilk daqiqalardan o‘zimiz rejalashtirgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Shunga qaramay, tayyorgarligimiz joyida edi. Ikkita to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishimizni kutmagandim. Albatta, natijadan afsusdaman.
Raqib taktik jihatdan kuchli va intensiv futbol namoyish etdi. Ular bir necha jabhadan bizdan kuchliroq ko‘rindi.
- Bugun jamoangiz o‘yinida nima o‘xshamadi?
- Bahsni yomon boshladik hamda ikkinchi taymda vaziyatni o‘nglashga intildik. Afsuski bu amalga oshmadi.
- Bugun sizni eng yaxshi futbolchi deb topishlarini kutganmidingiz?
Joel Fujita: - To‘g‘risi eng yaxshi deb topishganidan xursandman, ammo bugun eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatmadim. Bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Raqib ham kuchli edi.
- Jaloliddinovning goli haqida nima deya olasiz?
Joel Fujita: - Bu kutilmagan gol bo‘ldi. O‘yinga qarasangiz, gol o‘tkazishga loyiq emasdik. Ammo barcha ayb o‘zimizda.
- Jamoangizni bu musobaqadagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- Biz bu yerga tajriba to‘plash uchun kelmadik. Biz g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Menimcha yomon natija qayd etmadik. Turnir davomida futbolchilarim ancha o‘sishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi