
U-23 Osiyo kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarimizning fikrlari bilan qiziqdik.
Husayn Norchayev saytimizga o‘z taassurotlarini bo‘lishdi.
"Xudoga shukur g‘alaba qozondik. Muhimi Iroqqa qarshi kechgan o‘yindan keyin bu uchrashuvga tiklanishimiz edi. Shu jihatdan xavotir oldik, deya olaman. Kuchli jamoadan ustun keldik. Bu vatanimizning g‘alabasi",- deydi Norchayev.
- Yaponiya juda tartibli himoyalanadi. Ularning mudofaasini yorib o‘tish qiyinchilik tug‘dirmadimi?
- Yo‘q. Ikkita gol bunga javob berib turibdi.
- Golingizni kimga bag‘ishladingiz?
- Maydon tashqarisida qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga. Garchi stadionga kiritishmagan bo‘lsada, ekran ortida olqishlashdi. Buni sezib turdik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing