
Foto: Championat.com
The Guardian nashri Qatardagi jahon chempionatida g‘oliblikka asosiy da’vogarlar ro‘yxatini tuzdi.
Ingliz nashri nazarida, Argentina — favorit. «Kumush yurt» jamoasi saralashda umuman mag‘lubiyat nimaligini bilmadi, o‘yinlari barqaror. Qolaversa, ilk marta o‘tkazilgan Finalissimada Yevropa chempioni Italiyani qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi. Messi esa o‘yindan-o‘yinga ochilmoqda.
Mundial sovriniga da’vogarlar ro‘yxatida ikkinchi — Braziliya, uchinchi — Ispaniya ko‘rsatilgan. Niderlandiya va Germaniya — kuchli beshlikda.
Nashr o‘z mamlakati jamoasidan ko‘p narsa kutmayapti: Angliya da’vogarlar ro‘yxatida — 10-o‘rinda.
Yetakchi o‘nlik esa quyidagicha:
1. Argentina
2. Braziliya
3. Ispaniya
4. Niderlandiya
5. Germaniya
6. Fransiya
7. Daniya
8. Belgiya
9. Portugaliya
10. Angliya.
Qatar-2022 o‘yinlari 21 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar