1 306
"Hozir ortiqcha hisob-kitobni o‘ylash vaqti emas, bu - final". Ravshan Haydarov safar va Kapadze jamoasi haqida
Ravshan Haydarov ustozlik qilayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz Ozarbayjon va Belarusda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib qaytdilar.
Mazkur safar yuzasidan Ravshan Akmalovich bilan bog‘landik. Buning ustiga yurtimizda o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogida terma jamoamiz finalga chiqqanini yaxshi bilasiz.
Haydarov esa 2018 yili U-23 terma jamoamiz bilan birga Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuni hisobga olgan holda o‘zaro muloqot chog‘ida mutaxassis U-23 terma jamoamizga ham to‘xtaldi.
Safar to‘g‘risida
- O‘zbekiston U-20 terma jamoasini qabul qilganimdan keyin tayyogarlik ko‘rib kelayotgandik. Lekin yigitlar hali xalqaro uchrashuvlarda o‘ynamagan. Birinchi marta xorij safariga chiqishdi. FIFA kunlaridan foydalanib, O‘FA rahbariyati tomonidan bizga sharoitlar yaratib berildi Ozarbayjon va Belarus futbol federatsiyalari bilan aloqaga chiqib, ushbu o‘yinlar tashkil qilindi. Ikki haftalik yig‘in bo‘ldi. Ushbu tayyorgarlik jarayonida Ozarbayjon va Belarusda ikkita o‘yinlar o‘tkazdik. O‘ylaymanki, yigitlarimiz uchun xorij safari juda unumli va qiziqarli bo‘ldi.
Avvalambor, futbolchilarimizni birinchi navbatda xalqaro maydonda o‘ynash qobiliyati qanchalik hamda salohiyatini tekshirish niyatida edik. Bunday xalqaro bahslarda yigitlar o‘zlarini qay darajada ko‘rsata olishlarini ko‘rishni ham maqsad qilgandik va o‘ylaganlarimizga erishildi. To‘rtta uchrashuvdan ikkitasida mag‘lub bo‘ldik, bittasida durang va yana bittasida yutdik. Safarga olib ketgan hamma o‘yinchilarni sinab ko‘rdik, barchaga imkoniyat berildi. Turli o‘yin uslublarini sinab ko‘rdik. Kamchiliklarni ham ko‘rdik, futbolchilarning ruhiy holatini ham ko‘zdan kechirdik.
Masalan, O‘zbekistondagi yig‘inlarda o‘zimizni jamoalar bilan o‘ynab o‘yinimiz shakllanib borayotgandi. Ammo xorijda qanday o‘yin ko‘rsata olarkin, degan savol tug‘ilardi. Ozarbayjon va Belarusda jamoalar atletizm, jismoniy holat bo‘yicha o‘yinni yo‘lga qo‘yishgan va biz ham mana shunday o‘yinga moslashish jarayonini o‘tkazdik. Musobaqa ritmini ko‘zlab har uch kunda o‘yin tashkil qilindi. Mana shunday bosimga, ish rejimiga futbolchilarni moslashtirish ham kerak edi. O‘ylaymanki, safar davomida o‘ylagan niyatlarimizga erishdik. Buning jamoamiz uchun foydali taraflari ko‘p.
Yig‘in davomida kimdir o‘zini ko‘rsata oldi, yana kimdir hali tayyor emasligini ham bilib oldik. Nimani ustida ishlashimiz kerakligini ham ko‘rdik. Asosan tez fikrlash, to‘p bilan muomala qilish, o‘yin ritmini yuqori ushlab turish, mana shunday holatlarda yana ishlashimiz kerak. Xullas, har jihatdan biz uchun foydali yig‘in bo‘ldi.
Navbatdagi rejalar qanday?
- Keyingi rejalarimizga to‘xtalsam, har oyda yig‘in o‘tkazmoqchimiz. Superligada tanaffus bo‘lganida biz ham yana tayyorgarlik ko‘rish niyatimiz bor. Chunki avgust oyida CAFA turniri bor. Sentabrda Saudiya Arabistonida saralash o‘yinlarida qatnashamiz. Shuning uchun iyul oyida ham, CAFA turnirida ham jamoamizni yanada yaxshiroq shakllantirib olmoqchimiz.
U-23 terma jamoamizning ishtiroki borasida
- Yurtimizda o‘tayotgan U-23 musobaqasi davomida biz safarda yig‘inda bo‘ldik. U yerda asosan “Yutub” tarmog‘i orqali terma jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘rdik. Jamoamiz xursand qilyapti. Finalgacha yetib kelish – bu termamizning salohiyati yuqoriligini ko‘rsatib turibdi. Temur Kapadze juda yaxshi jamoa tuzgan. Tarkibda tajribali, o‘ziga yarasha liderlari ham bor. O‘yin sur’atini ushlab tura oladigan futbolchilarning to‘p surayotgani va o‘zimizda o‘tayotgan musobaqada muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan to‘g‘ri foydalanib, bosimsiz o‘ynayotgani ularning salohiyati yuqori ekanidan dalolat.
Albatta, finalda ham terma jamoamizga omad tilaymiz. Futbolchilarimizning g‘alabalaridan xalqimiz ham xursand bo‘ladi. Yigitlarda ham katta ishtiyoq va katta motivatsiya paydo bo‘lib, yanada ishlashda davom etadilar. Mana shunday g‘alabalar orqali “uyg‘onadi”, desam ham bo‘ladi. O‘z o‘yinlari bilan xalqimizga xursandchilik taqdim etishyapti. Umid qilamanki, finalda ham yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba bilan ishqibozlarimizni quvontirishadi.
Saudiya Arabistoni bilan alohida hisob-kitobimiz bormi?
- Saudiya Arabistoni kuchli jamoa. Lekin alohida hisob-kitob qilish niyatida emas, finalda har bir jamoa Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish niyatida o‘ynaydi. Hozir ortiqcha hisob-kitoblarni o‘ylash vaqti emas. Bu final. Undagi maqsad Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish. Finalgacha keldikmi, raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun kurashiladi. Finalgacha kim qanaqa o‘ynagani, oldingi hisob-kitoblar chetga chiqadi. Faqat g‘alaba to‘g‘risida o‘ylash kerak. Finalgacha yetib kelishdimi, demak jamoalar kuchli. Shunga yarasha tayyorgarlik bo‘ladi.
Biz uchun qanchalik ko‘p g‘alabalar bo‘lsa, bu futbolimizning saviyasini ko‘rsatadi. O‘yinchilardagi ishtiyoq ham yanada ko‘tariladi. U-23 chempionatida har doim kamida yarim finalgacha yetib boryapmiz. Bu yoshda biz o‘zimizning o‘yinimizga egamiz. Shu orqali raqiblar ham bizni hurmat qiladi. Natijada futbolimizning obro‘si ham oshadi. Nafaqat U-23, balki U-20 termasi bilan ham harakat qilamiz. Undan kichik yoshdagi terma jamoalarni ham ko‘tarishimiz kerak. Osiyo Kubogidagi g‘alabalar, jahon chempionatlarida qatnashish kabi holatlar bilan futbolimiz ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi