14:52 / 18.06.2022
1 306

"Ertaga boshlagan hikoyamizga chiroyli yakun yasashimiz kerak" - Timur Kapadze

"Ertaga boshlagan hikoyamizga chiroyli yakun yasashimiz kerak" - Timur Kapadze
U-23 Osiyo kubogi finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov ishtirok etdi.

"Albatta finalda ekanligimizdan xursandman. Musobaqadagi oxirgi o‘yin. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Har bir bosqich o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Bor kuchimiz bilan g‘alaba uchun harakat qilamiz", - deydi Timur Kapadze.

"Maqsadimiz sari bir qadam qoldi. Oldindan bu haqida aytib keldik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz", - deydi Jasur Jaloliddinov.

- Tashqi omillar g‘alabaga qanchalik to‘sqinlik qilishi mumkin?
- Tashqi omillar ko‘p. Hozir buni o‘ylaydigan payt emas. Issiq havomi, maydon sifatimi o‘ynashimiz kerak. Har tomonlama o‘zimizni tayyorlayapmiz. To‘g‘ri tashqi ta’sirlar ikki jamoaga ham to‘sqinlik qiladi. Ertaga munosib o‘yin ko‘rsatib kerakli natijani qo‘lga kiritamiz, degan umiddaman.

- Saudiya Arabistoni gol o‘tkazmay kelayotgani sizni havotirga solmayaptimi? O‘tgan yili saralashdagi jamoa bilan bugungisini farqi bormi?
- Saudiya Arabistoni kuchli jamoa. Finalda o‘ynash katta natija. Bu bosqichga qadar ko‘p kuch sarfladik. Tabiiyki, raqibni o‘rganib chiqdik. Ular bilan avval ham to‘qnash kelganmiz. Qolaversa tarkibiga oxirgi ikki o‘yinda terma jamoa futbolchilari kelib qo‘shildi. Ikkinchi savolingizga kelsak, hozirgi jamoa ancha kuchaygan. Yosh tomondan ham biznikilardan katta. Bu bizga to‘sqinlik qilmaydi. Har bir jamoani kamchiligi bor. Biz shundan foydalanishimiz kerak. Saudiya Arabistoni gol o‘tkazmayotgani biz uchun motivatsiya. Ularning darvozasiga yo‘l topishga urinib ko‘ramiz.

- Arab jamoalari bilan bu musobaqada o‘ynadik. Ularning o‘yini o‘xshash ekanligi bizga foyda bo‘ladimi?
- Albatta. Har bir o‘yin biz uchun katta tajriba vazifasini o‘tab berdi. O‘tgan uchrashuvlardan kerakli xulosalarni chiqardik. Saudiya Arabistonini qanday raqibligini yaxshi bilamiz.

- Final oldidan tarkibimiz o‘zgarishi mumkin?
- O‘zgarish bo‘ladimi yo‘qmi kim yaxshi holatda bo‘lsa, ular tushadi. Chunki oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishimiz kerak. Har bir futbolchi men uchun asosiy tarkib a’zosi.

- Jasur Jaloliddinovga savol. Ertaga kubokni qo‘lga yoki ikki yildan keyin olimpiyada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, qaysi birini tanlaysiz?
- Ikkisini ham qo‘lga kiritamiz.

- Bunday maydonda kombinatsion futbol o‘ynash qiyin. Sizdan yana uzoqdan zarbalar ko‘ramizmi?
- Ertaga maydonda raqib ham bo‘lishini unutmaslik kerak. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqamiz. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutamiz. Kim va qanday masofadan gol urishini farqi yo‘q. Muhimi g‘alaba.

- Jasur Jaloliddinovga savol. Musobaqaning eng yaxshi to‘purar bo‘lishga urinib ko‘rasizmi? Chunki yana 3ta futbolchida 3tadan gol bor...
- Ahamiyati yo‘q. To‘purarlik sovrinini boshqa futbolchiga berib bosh sovrinni ko‘tarishga tayyorman.

- Jasur Jaloliddinovga savol. Uch hafta oldin ilk matbuot anjumanida bu musobaqa nima berishi haqida savol bergan edim. Shunday ekan keyingi rejalar, bu turnir faoliyatingizga ta’siri haqida aytib bersangiz...
- Bunday holatlar bo‘lishi mumkin. Agarda bu haqida o‘ylaganimizda finalga yetib kelmagan bo‘lar edik. Muxlislar xursand. Biz shu uchun o‘ynadik. Maqsadimiz bizda hali ham futbol "trik" ekanligini ko‘rsatish. Ertaga g‘alaba qozonib boshlagan hikoyamizga chiroyli yakun yasashimiz kerak.

Timur Kapadze: Qo‘shimcha qilmoqchiman. Har bir musobaqa terma jamoadagi xodimlar, murabbiylar, o‘yinchilarga katta tajriba beradi. Musobaqalar orqali ko‘nikma, malaka shakllanadi. Bunday turnirda futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Uyda bo‘layotgani katta barchamiz uchun yutuq. Qanchadan qancha muxlislar ko‘z o‘ngida g‘alabani nishonlash o‘zgacha zavq beradi. Bu esa faqat futbolni rivojlantiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Ertaga boshlagan hikoyamizga chiroyli yakun yasashimiz kerak" - Timur Kapadze