
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa U-23 Osiyo kubogi g‘olibiga yo‘llagan tabrigida musobaqa finalchisi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va turnir tashkilotchisi O‘FAni e’tirof etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
“Yakshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib qat’iyat va jamoaviy mahorat namoyish qildi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik muxlislar finalni yorqin o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston bizga ajoyib daqiqalarni taqdim etdi. Bu “Oq bo‘rilar”ning jasoratli harakati edi”, - dedi OFK rahbari.
Shuningdek, Shayx Salmon musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkazishdagi mehnat va sa’i-harakatlari uchun O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi hamda Mahalliy tashkiliy qo‘mitani alohida qayd etdi:
“AFC U23 Asian Cup™ Uzbekistan 2022 musobaqasi OFKning barqaror va normal hayot tarziga qaytayotganligini ko‘rsatib berdi. Biz O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Mahalliy tashkiliy qo‘mitani chinakam esda qolarli turnir tashkil etishda qat’iyat ko‘rsatgani uchun olqishlashimiz kerak”, - deyiladi maktubda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar