08:28 / 22.06.2022
895

Samvel Babayan: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ammo g‘alaba qozona olmadik"

Samvel Babayan: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ammo g‘alaba qozona olmadik"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Uy o‘yinlari bizda qiyin kechadi. Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ammo g‘alaba qozona olmadik. Juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Biroq gol ura olmadik. Vaziyatlardan foydalana olmaslik bu o‘yindagi asosiy kamchiligimiz bo‘ldi. Natija qayd eta olmadik. Shu o‘rinda qandaydir e’tiroz bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu o‘yinga e’tiroz ham bildirib bo‘lmaydi. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. O‘yinda to‘liq ustunlik qildik. Bunaqasi futbolda bo‘lib turadi. Ishlashda, oldinga intilishda davom etamiz.

- Zoran Marushichning o‘yini haqida so‘ramoqchiman. Zoran bugun juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bosh darvozaga gol ura olmadi. Marushichning mavsum boshidagi formasini yo‘qotib qo‘yishiga sabab nima bo‘ldi?
- Jismoniy taraflama Marushichning formasi joyida. Vaziyatlardan foydalanishda muammo bo‘layotgani bor gap. Ikki-uch marta qulay imkoniyadan foydalana olmadi. Bunga nima sabab bo‘lganini muhokama qilamiz.

- Zoran Marushichning vaziyatlardan foydalana olmayotganiga balki futbolchida psixologik muammolar borligi sabab bo‘layotgandir. Bunga fikrga qanday qaraysiz?
- Men faoliyatim boshida aytib o‘tgandim. Namanganda faqatgina ruxiy bosimga bardosh bera oladiganlargina o‘ynay oladi. Muxlislarga to‘la stadion o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘ylashimcha, bu psixologiya bilan bog‘liq emas. Bu natija keltirishni juda ham istaganlikdan kelib chiqadigan holat bo‘lishi mumkin. Minglab muxlislar uylariga mamnun kayfiyatda ketishlarini juda xohlashdan shu kabi holatlar kelib chiqdi deb o‘ylayman. Hujumchimiz Gruziyada mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan. Aynan shu sabab, biz uni "Navbahor"ga olib keldik. O‘tgan mavsum hujumchilarimiz deyarli gol ura olishmadi. Marushich vaziyatlarni yakunlashni biladigan hujumchi. Balki u sharoitga biroz moslashishi kerakdir.

- Oxirgi o‘yinlardan keyin berilayotgan savollarga deyarli bir xil javob bermoqdasiz. Vaziyatlardan foydalana olmaslik, vaziyatlardan foydalana olmaslik... "Navbahor" esa "oltin ochko"larni yo‘qotmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida ishlashga kech bo‘lmadimi? Birinchi davraning oxirgi ikki turida juda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Ba’zi o‘yinchilarni o‘zgartirish vaqti kelmadimikan?
- Vaziyatlardan foydalana olmaslik ustida ishlash uchun hech qachon kech emas. Bundan tashqari, biz bu masala ustida har doim ishlaymiz. "Oltin ochko"larga kelsak, biz ham qimmatli ochkolarni yo‘qotayotganimizni tushunib turibmiz. O‘yinchilarni olib tashlash yoki jamoaga yangi o‘yinchilarni olib kelish borasida gapiradigan bo‘lsak, men ham jamoa tarkibini kuchaytirishni istagan bo‘lardim. Bizda yana bir oy bor. Jamoani kuchaytirishda ayniqsa hujum chizig‘iga e’tibor beramiz. Jamoada seleksion ishlar davom etmoqda.

- Azim Ahmedovda jarohat bormi?
- Ayni vaqtda Azim Ahmedovda jarohat yo‘q. Ammo "Lokomotiv"ga qarshi o‘tgan nazorat o‘yinida unda biroz muammo yuzaga keldi. Hozir Azim Ahmedov tiklanish jarayonida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ammo g‘alaba qozona olmadik"