
"Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning hurriyet.com.tr nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga "Galatasaroy" tomonidan qiziqish bor. Jamoa bosh murabbiyi Okan Buruk o‘zi istagan hujumchini topgan. Shuning uchun Shomurodov klub radariga tushgan.
"Sariq-qizillar"ning yangi ustozi "Roma" hujumchisi Eldorni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. "Galatasaroy" rahbariyati Shomurodovni shoshqaloqlik qilmasdan avval ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq Joze Mourino hamyurtimiz Eldor Shomurodov sotilmasligini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar