"Qizilqum" bilan bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi o‘yin xususida fikrlarini bildirdi. Bu haqda toshkentliklar matbuot xizmati xabar berdi.
- Biz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Havo harorati juda yuqori edi. Ayniqsa, bu birinchi bo‘limda sezildi. Shu bilan birga tarkibdagi aksariyat futbolchilar terma jamoalardan kelib qo‘shilishgan edi. Bu o‘yinga tayyorlanish uchun 2-3 kun vaqt bo‘ldi. Buning ta’sirida birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Biz ikkinchi taymda birlashib, kerakli natijaga erishdik. Nima xohlashimizni juda yaxshi bilamiz. Ikkita gol kiritdik. Mezbonlarga ham rahmat aytmoqchiman. Ular bizga tanaffusgacha deyarli bo‘sh hududlar qoldirishmadi.
Bizda bir necha yo‘qotishlar bo‘ldi. Sharkichda jarohat bor edi. Oliver bu jarohatni "Olimpik"ka qarshi o‘yinda orttirib oldi. Umid qilamanki, Sharkich birinchi davraning so‘nggi o‘yiniga qadar safga qaytadi. Ammo biz hali ham shikoforlar xulosasini kutmoqdamiz. Alijonovda ham jarohat bor. U terma jamoadagi oxirgi o‘yindan oldin jarohat oldi. Alijonovning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Larin esa bugun zaxirada qoldirildi, - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi