22:22 / 24.06.2022
1 650

«So‘g‘diyona» OFK kubogidagi debyutini g‘alaba bilan boshladi

«So‘g‘diyona» OFK kubogidagi debyutini g‘alaba bilan boshladi
Bugun, 24 iyun kuni OFK kubogi «E» guruhi 1-turida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi turnirdagi debyutini Qirg‘izistonning «Neftchi» klubiga qarshi o‘tkazdi.

Ilk o‘yinda Ulug‘bek Baqoyev shogirdlarining qo‘li baland keldi. Birinchi bo‘lim tugashi arafasida serb legioneri Luka Chermel Jasur Hasanovning burchak to‘pini golga aylantirdi. Ikkinchi taymda Jasur Hasanovning ikkinchi assistini yana bir serbiyalik — Marko Kolakovich raqib darvozasiga aniq yo‘naltirdi.

2:0 — «So‘g‘diyona» shu hisob bilan o‘yinni yakunladi. Guruhning 1-turidan o‘rin olgan boshqa o‘yinda Tojikistonning SSKA va Turkmanistonning «Oltin Asr» klubi kuch sinashadi.

Jizzaxliklarning keyingi o‘yini 27 iyun kuni SSKA (Dushanbe)ga qarshi o‘tadi.

OFK kubogi
«E» guruhi 1-tur, Dushanbe, Tojikiston

So‘g‘diyona — Neftchi — 2:0
Gol
: Luka Chermel ( 45+2), Marko Kolakovich (53).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «So‘g‘diyona» OFK kubogidagi debyutini g‘alaba bilan boshladi