
Marca nashri Lionel Messining transferi PSJga katta moliyaviy foyda keltirganini ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Messining transferi orqali 700 million yevroga yaqin mablag‘ ishlab oldi. Bu summaga imidj, marketing va o‘yin tashkil qilish huquqi bo‘yicha olingan pullar ham kiradi.
Messi yordamida PSJ mutasaddilari 10 ta yangi homiylik shartnomasi tuzdi, klub ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lganlar soni 15 million nafarga oshdi.
35 yoshga to‘lgan Messi o‘tgan mavsumda 34 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 15 ta assist rasmiylashtirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar