O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 iyun kuni Koreyada taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetgan. Musobaqaning so‘nggi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Shuhrat Salayev qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan.
“Taekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan to‘qnash keldi. Birinchi raundda Salayevning, ikkinchi bo‘limda raqibning g‘alabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salayev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter ko‘rsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini o‘z foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, so‘nggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan g‘alabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi bo‘ldi, deyish mumkin”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.
Qayd etish joiz, terma jamoa qit’a birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qo‘lga kiritmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi