1 049
Viktor Karpenko: "Paxtakor" kabi raqiblar bilan o‘yinlar oldidan futbolchilarga ortiqcha motivatsiya berish shart emas"
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Viktor Karpenko fikrlarini bildirdi.
"Xayrli kech. Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Chunki "Bunyodkor" ular uchun o‘ynaydi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va haqli g‘alabaga erishishdi. Ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limdan farqli ravishda ikkinchisida vaziyatlar ko‘p yaratdik. O‘ylaymanki, o‘yin muxlislarga manzur keldi", - dedi Karpenko.
- Futbolchilarni o‘yindan avval va tanaffusda qanday ruhlantirdingiz?
- "Paxtakor" bilan o‘yinlarga ortiqcha motivatsiya shart emas. Bu jamoa yurtimiz bayroqdori. O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni. Yigitlarning o‘zi barchasini his qilib turgandi.
- Dilshod Jo‘rayev va tarkibdagi yo‘qotishlar haqida...
- Dilshod Jo‘rayev angina bilan kasallandi. Umuman olganda Safoyev va Jo‘rayevda sog‘ligi bilan bog‘liq muammosi bor. Boshqa yo‘qotishlar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi