O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan AGMK — “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Mirjalol Qo‘shoqovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
- Bugungi o‘yinda qonun ustuvor bo‘ldi. Futbolda “sen urmasang, senga urishadi”, degan qonun bor. Ushbu uchrashuvda birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Yigitlarga hech narsa deya olmayman. Bunday bahslar bo‘lib turadi. Kurashlarga boy, kombinatsion o‘yin bo‘ldi. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida oqsadik. Mazkur bahsda muxlislar yutdi, biz esa uch ochko yo‘qotdik. Endi futboldan kichik ta’tilga chiqamiz. Hayot esa davom etadi. Qaytaraman, bugun birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi.
- Oxirgi paytlarda ikki nafar darvozabonni almashtirib o‘ynatyapsiz. Ammo jamoa darvozasiga yo‘llanayotgan ikki zarbadan biri ko‘pincha gol bilan yakunlanyapti. Bu jiddiy muammo emasmi?
- Albatta, bu muammo. Ammo ishlamagan insongina xato qilmaydi. Bu xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozim.
- Davralar oralig‘ida jamoada o‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Jamoada unchalik ham katta o‘zgarish kuzatilmaydi. Jarohatlangan futbolchilarimiz tezroq safga qaytishsa, bu nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
- AGMK chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri. Ammo ba’zi chiziqlarda yuqori saviyali o‘yinchilar yetishmayotgandek tuyulmayaptimi? Masalan, Anzur Ismoilov kelgandan keyin himoya ancha tartibga keldi. Boshqa pozitsiyalarchi?
- Har bir murabbiy tarkibida kuchli futbolchilar bo‘lishini xohlaydi. Ammo kurashda boshqa jamoalar ham bor. Menimcha, biz shu tarkib bilan ham muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatyapmiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi