U-19 Yevro-2022 g‘olibi ma’lum bo‘ldi

U-19 Yevro-2022 g‘olibi ma’lum bo‘ldi
Musobaqaning hal qiluvchi bahsida Angliya U-19 termasi Isroilga qarshi to‘qnash keldi.

Finalning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, qo‘shimcha taymlarda esa inglizlar ikkita gol urib, 3:1 natijasida raqibdan ustun kelishdi.

Angliya 12-marotaba mazkur yosh toifasida qit’a birinchiligida g‘olib bo‘lib, Ispaniyani (11 ta) ortda qoldirgan holda rekord o‘rnatdi.

Qayd etish joiz, Angliya Isroil bilan guruh bosqichida ham uchrashgan va o‘sha bahsda ham minimal (1:0) g‘alabaga erishgandi.

Isroil U-19 – Angliya U-19 1:3 (1:0, 0:1, 0:0)
Gollar
: 1:0 – 40 Glux, 1:1 – 52 Doyl, 1:2 – 108 Chukvuemeka, 1:3 – 116 Remzi.
U-19 Yevro-2022 g‘olibi ma’lum bo‘ldi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar