
Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan. Ushbu mutaxassis 2021 yil boshida "Neftchi" bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvida farg‘onaliklar o‘tgan mavsum Pro ligada g‘olib chiqib Superligaga yo‘llanma oldi.
Joriy yil elitaning birinchi davrasidan so‘ng "Neftchi" 13ta uchrashuvda 2ta g‘alaba, 5ta durang, 6ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 11 ochko bilan 13 o‘rinda ketmoqda. O‘zbekiston kubogida esa o‘z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi.
"Neftchi"ga qadar Ilhom Mo‘minjonov "Navbahor" va qisqa vaqt "Surxon" jamoasida faoliyat yuritganini aytib o‘tish joiz.

Yana bir ma’lumot, klub bosh direktori Zohid G‘ofurov ham bo‘shash uchun ariza yozgan.
Ilhom Mo‘minjonovNeftchi JamoasiFarg‘onaliklarSuperliga G‘olibiO‘zbekiston KubogiNavbahor Surxon O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar