
Kecha Farg‘ona futbolassotsiatsiyasi binosida Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Xaitbayevich Bozorov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda jamoaning rahbariyati va murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan mutaxassislar va klub rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi, jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan, Ilhom Mo‘minjonovning istefosidan so‘ng uning o‘rniga Tojikistonda tug‘ilgan Vitaliy Levchenko Grigoriyevich bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
Shu bilan bir qatorda klub raisligida ishlab kelgan G‘ofurov Zoxidjon o‘rniga Mo‘sinhoji Mehmonov klub raisi etib tayinlandi.
Shuningdek, klub matbuot xizmati rahbari etib Abdullayev Saidabzal tayinlandi.
Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, klubni rivojlantirish borasida topshiriqlar berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar