
O‘zbekistonlik yosh polvonlar Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan muvaffaqiyatli boshlashdi. Bahraynning Manama shahrida sport kurashlari bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Birinchi kun doirasida O‘zbekistonlik “klassik” kurashchilar 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi:
- 77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Samandar Bobonazarov qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
- Azamatjon Abdubannobov (-87 kg) hamda Temurbek Nasimov (-130 kg) shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
- Alisher G‘aniyev (-55 kg) esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Sportchilar dastlabki kunni 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun musobaqa doirasida yunon-rum kurashi bahslari davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar