OFK rasmiy sayti Yevropaning kuchli klublarida o‘ynaydigan osiyolik bir qator futbolchilarni e’tirof etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Quvonarlisi, ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor.
- Eldor Shomurodov Yevropaning eng kuchli ligalarida o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik futbolchilar nimalarga qodir ekanligini isbotlab berdi.
2020 yilda Shomurodov Ilyos Zeytullayevdan keyin A seriyada o‘ynagan ikkinchi o‘zbekistonlik bo‘lish uchun “Jenoa”ga ko‘chib o‘tdi. Uning ko‘k-qizil libosdagi o‘yini Joze Mourino e’tiboriga tushdi va u Italiya poytaxtiga ko‘chib o‘tdi.
27 yoshli futbolchi “Roma” safidagi debyutini “Fiorentina”ga qarshi o‘yinda (3:1) golli uzatma bilan nishonladi va mavsumni 39 o‘yinda 5 gol va 6 golli uzatma bilan yakunladi. May oyida Shomurodov UYEFA turnirida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi bo‘ldi. Uning finaldagi ishtiroki va ikkita golli uzatmasi rimliklarga UYEFA Konferensiyalar ligasining birinchi chempionligini qo‘lga kiritishiga yordam berdi, - deyilgan tashkilot rasmiy saytida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi