
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyati, xususan, yangi bosh murabbiy Erik ten Xagni shokka tushirib qo‘ydi.
Manbalarning ta’kidlashicha, jamoa mashg‘luotlariga kelmayotgan portugaliyalik yulduz o‘zini transferga qo‘yishni talab qilgan.
Erik ten Xag dushanba kuni mavsumoldi yig‘inini boshlab, qo‘l ostidagi futbolchilarga Ronaldu oilaviy sharoiti tufayli vaqtincha mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelayotganini aytgandi.
Krishtianu niderlandiyalik mutaxassisni boshqa jamoadoshlari oldida uyaltirib qo‘ydi.
Erik ten Xag Ronalduning ketmoqchi ekanini o‘yinchining o‘zidan emas, balki uchinchi shaxslardan eshitgani ham uni noqulay vaziyatda qoldirmoqda. Chunki bu mutaxassis oxirgi pallagacha Ronalduning mashg‘ulotlarga qo‘shilishiga ishonayotgan edi.
Manchester YunaytedKrishtianu RonalduErik ten XagYangi Bosh MurabbiyO‘zini TransfergaOila Sharoiti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar